
Liga 1 autsayderi o‘zining yangi bosh murabbiyini e’lon qildi
Frantsiya chempionati autsayderi “Gengam” klubi o‘zining yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qildi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu lavozimga 46 yoshli Joslen Gurvennek tayinlangan. Ta’kidlash kerakki, bu uning “Gengam” klubiga birinchi marta kelishi emas. Gurvennek ushbu jamoani 2010-2016 yillarda boshqargan.
Ma’lumot uchun, “Gengam” ayni damda 7 ochko bilan Frantsiya chempionatida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar