"Liverpul" himoyachisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
"Liverpul" klubi himoyachisi Alberto Moreno faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin.
Estadio Deportivo tarqatgan xabarga qaraganda nomi oshkor etilmayotgan rus klubi 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga ajoyib taklif bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari Morenoga Italiya va Turkiyadan ham qiziqishlar mavjud. Futbolchining o‘zi esa “Sevilya”ga qaytmoqchi. Boisi u aynan andalusiyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Morenoning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Uning transfer bahosi 9 mln evroni tashkil etmoqda.

Fikrlar