
“Lokomotiv” Azmunga qiziqish bildirmoqda
Rossiyaning amaldagi chempioni - “Lokomotiv” Qozoning “Rubin” klubi forvardi Sardor Azmunga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Rus nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra moskvalik “temiryo‘lchilar” aynan 23 yoshli eronlik futbolchi bilan o‘zlarining hujum chiziqlarini kuchaytirishmoqchi va bu borada ular yaqin vaqtlar ichida qozonliklarga rasmiy taklif bilan chiqishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Azmun Rossiya premer-ligasining yangi mavsum ilk turida “Krasnodar” darvozasini ikki bor ishg‘ol etib jamoasiga g‘alaba keltirgan edi.
Fikrlar