Luis Enrike "Barselona"dan ketayotgani sababini oshkor qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugungi kunda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri "Barselona" klubi bosh murabbiyi Luis Enrikening mavsum yakunlanishi bilan o‘z vazifasini topshirishi haqida ekani hech kimga sir emas.

 

Ko‘pchilik ispaniyalik murabbiy iste’fosini Evropa chempionlar ligasidagi mag‘lubiyat bilan bog‘lamoqda.

Biroq, Luis Enrikening o‘zi jamoadan nega ketayotganini oshkor qildi.

- Ketishimning asosiy sababi - charchoq, - dedi Luis Enrike. - "Barselona"dek jamoani boshqarayotgan murabbiy tinimsiz uning o‘yinini kuchaytirish haqida bosh qotirishi kerak. Tanaffus qilishga imkon yshq. Bu og‘irlik qilyapti. Lekin joriy mavsumda sovrinli bo‘lishga imkoniyatimiz bor.

Ayni paytda "Barselona"ning yangi bosh murabbiyligiga "Sevilya" ustozi Xorxe Sampaoli va "Atletik"ni boshqarayotgan Ernesto Valverdening nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!