
Mashhur himoyachi Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
"Sent-Eten" klubi himoyachisi Matyo Debyushi Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
“Men faoliyatimning Frantsiya terma jamoasiga bag‘ishlangan qismini tugatdim. Endi bor e’tiborimni klubdagi faoliyatimga qaratmoqchiman”, - deydi 33 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, “Nyukasl”, “Arsenal” kabi klublarning sobiq futbolchisi Frantsiya terma jamoasi safida 2011 -2015 yillarda to‘p surgan va 27ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar