Mbappe faqatgina Messidan ortda qolmoqda

  • 13 yanvar, 2019, 06:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Amen”ga qarshi (3:0) kechgan bellashuvda gollardan biriga mualliflik qilib, jamoasi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Tecno

20 yoshli futbolchi joriy mavsumda Frantsiya chempionatida kiritgan gollari sonini 14 taga etkazib oldi. Top-5 Evropa chempionatlarida xuddi shuncha gol Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Per-Emerik Obameyang(“Arsenal”), Xarri Keyn (“Tottenxem”) va Muhammad Saloh (“Liverpul”) tomonidan kiritilgan.

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi hisobida ayni vaqtda 16 ta gol mavjud. Bu hozircha eng yaxshi natija.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!