Messi: "Barselona" hozir ham juda yaxshi tarkibga ega

  • 27.12.2018 22:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning “Barselona” klubi forvardi Lionel Messi jamoa tarkibini kuchaytirish kerak yoki yo‘qligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Qishki transfer? Bu savolni menga emas, balki murabbiylar shtabi va klub rahbariyatiga berishingiz lozim. Ammo, shaxsan men hozir ham juda yaxshi tarkibga egamiz deb hisoblayman. Bundan tashqari akamediya tarbiyalanuvchilari orasida ham istalgan payt jamoaga yordam berishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bor. Miranda, Riki Puche va Alenyalar shular jumlasidandir”, - deydi argentinalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq kataloniyaliklar davralar oralig‘ida PSJ xavbeki Adrian Raboni sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!