Messi bugungi mashg‘ulotlarda qatnashmadi, ammo u "Real"ga qarshi o‘ynay oladi
Xabaringiz bor bundan avvalroq “Barselona” sardori Lionel Messi La Liganing “Valensiya”ga qarshi bahsida kichik jarohat olgani va shu bois 6 fevralda “Real” Madridga qarshi bo‘lib o‘tadigan Ispaniya kubogi yarim final dastlabki uchrashuvida ishtirok eta olmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli argentinalik futbolchi jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmagan. Biroq, bu uning jarohati bilan bog‘liq emas. Shu sababli Messi “Real”ga qarshi o‘yinda “Barselona”ga yordam bera oladi.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi “El-klasiko” 6 fevral kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar