Messi "el-klasiko"da eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilarning kuchli beshligiga kirib oldi

  • 28.02.2019 10:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" forvardi Lionel Messi kecha "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yinida maydonga tushdi.

E’tiborlisi, bu 31 yoshli argentinalik futbolchi uchun faoliyatidagi 40-“el-klasiko” bo‘ldi. Messi shu tariqa “el-klasiko”larda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar orasida kuchli beshlikka kirdi.

Ushbu ro‘yxatda Messidan oldinda faqatgina Manuel Sanchis ("Real" 43), Fransisko Xento ("Real" 42), Xavi (“Barselona” 42) va Serxio Ramoslar ("Real" 41) bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!