Messi yana sudlanishi mumkin
Todo Noticias nashri tarqatgan xabarga qaraganada “Barselona” forvardi Lionel Messi va uning otasi Xorxe pul yuvishda gumonlanmoqda.
31 yoshli argentinalik futbolchi va uning hayriya jamg‘armasiga nisbatan ayblovlarni Argentina iqtisodiy ishlar bo‘yicha prokurori Pablo Turano taqdim etdi. Uning fikriga ko‘ra hayriya jamg‘armasi hisob raqamiga kelib tushgan pullar ofshor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Messi bundan avval Ispaniya sudi tomonidan soliqdan bo‘yin tovlash borasida aybdor deb topilgan va 21 oy qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Ammo, ushbu jazo keyinchalik 250 ming evro jarimaga o‘zgartirilgan edi.

Fikrlar