
"Milan" va "Borussiya" Dortmund "Barselona"ning 20 yoshli himoyachisiga qiziqib qoldi
Mavsumni “Eybar” safida ijara asosida o‘tkazayotgan, transfer huquqi esa “Barselona”ga tegishli bo‘lgan himoyachi Mark Kukurelya Evropa grandlarining e’tiboriga tushib qoldi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 20 yoshli futbolchiga “Borussiya” Dortmund va “Milan” klublaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Ta’kidlash kerakki, “Eybar”da mavsum yakunlangach uni 2 mln evro evaziga sotib olish huquqi mavjud.
Ma’lumot uchun, Kukurelya joriy mavsum La Ligada jami 19ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar