Mourino: Mayk Din 6 daqiqani qaerdan oldi bilmadim
"Biz maydondagi eng yaxshi jamoa bo‘ldik. O‘yindan oldin "Stemford Brij"da qo‘lga kiritilgan 1 ochko yaxshi natijadek tuyuladi. Biroq bugungi o‘yinni inobatga oladigan bo‘lsak, durang biz uchun juda yomon, "Chelsi" uchun esa fantastik natija bo‘ldi.
Biz Azar va Jorjinolarni inobatga olmaganda, o‘yinni nazorat qildik. Hisob 2:1 ko‘rinishini olgach, biz uchinchi golni kiritishimiz ham mumkin edi. Biz hotirjamlikni saqlab qola oldik.
Umid qilamanki, har bir hakam Mayk Din kabi o‘yinga 6 daqiqa qo‘shib beradi. Ular buni qaerdan olishdi bilmadim. Biz vaqtni cho‘zishga emas, o‘ynashga harakat qildik.
Men natijadan boshqa hamma narsadan qoniqish hosil qildim", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar