
"Nasaf" Odil Hamrobekovning transferidan tushgan 2,5 mlrd so‘mni nimalarga sarflayapti?
Xabaringiz bor Qarshining "Nasaf" klubi o‘tgan mavsumdan boshlab moliyaviy qiyinchiliklarga duch kela boshladi va natijada etakchi futbolchilarini sotishga majbur bo‘ldi. Joriy transferlar davrida 2,5 mlrd so‘m evaziga "Paxtakor"ga transfer qilingan Odil Hamrobekov ham shular jumlasidandir.
SPORTS.uz muhbiri qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev bilan suhbat davomida ushbu mablag‘lar nimalarga sarflanayotgani haqida savol bilan murojaat qildi.
- Odil Hamrobekov orqali ishlab olingan 2,5 milliard ancha salmoqli. Shundan so‘ng “Nasaf” uning o‘rnini bosuvchi bir-ikkita yaxshi transferlarni amalga oshirishini kutgandim. Sir bo‘lmasa, klubning hisob-raqamiga kelib tushgan mablag‘ nimalarga sarflanmoqda?
- Bu bilan mavzudan chiqib ketdik. Nimaga sarflashi bu klubning ichki ishi hisoblanadi. Murabbiy sifatida men bunday ishlarga aralashmayman. Klubning siyosatida Hamrobekovga o‘xshagan iqtidorli yoshlarni yanada o‘stirib, yaxshi pullarga sotish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Hamrobekov orqali ishlab topilgan pullarga ikkita legionerni olib kelsak, baribir katta vazifalarni bajara olmaymiz. Agar jiddiy maqsad uchun kurashadigan bo‘lsak, bizga tajribali bo‘lgan ko‘plab o‘yinchilar kerak bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa bu orqali yosh futbolchilarimizga imkoniyat kamroq bo‘lib qoladi.
Ro‘ziqul Berdiev bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>
Fikrlar