"Navbahor" futbolchisi Turkiyada operatsiya qilinadi
Xabaringiz bor Namanganning “Navbahor” klubi darvozaboni Botirali Ergashev oyog‘idan jarohat olgandi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra endi u 9 noyabr kuni jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketadi.
Ma’lumot uchun Darko Stanoevich, Sherzod Karimov, Mirzohid G‘ofurov va Ilhom Boydedaev va Azamat Allaniyozovlar ham ayni damda jarohatini davolash bilan band.
Fikrlar