“Navbahor”ning Toshkentda o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum
Yangi yil bayrami munosabati bilan “Navbahor” jamoasi a’zolariga qisqa muddatlik ta’til e’lon qilingandi. Ertadan tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishiladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Avval xabar berib o‘tganimizdek, navbatdagi yig‘in Toshkentda tashkil etiladi. Poytaxtdagi mashg‘ulotlar davomida bir qator nazorat o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ayni paytda dastlabki beshta o‘yinda “Navbahor”ga raqiblik qiladigan jamoalar nomi ma’lum.

Birinchi uchrashuv 9 yanvar kuni “Olmaliq” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi. 13 yanvarga belgilangan ikkinchi o‘yin Muborakning “Mash’al” klubi bilan bo‘lib o‘tadi. Keyingi uchrashuvlar “Qo‘qon-1912” (18 yanvar), “Metallurg” (21 yanvar) va “Buxoro” (26 yanvar) klublari bilan o‘tkaziladi.

Fikrlar