Navbatdagi mojaro. Buxorodagi Igor Babayan (video)

  • 22 oktabr, 2017, 09:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor"ning navbatdagi safar o‘yini ham mojarolarsiz o‘tmadi. Oliy liganing 23-turida Namanganda yuzaga kelgan ko‘ngilsiz holat, 25-turda "Buxoro Sport Majmuasi"da ham sodir etildi.

Tecno

Bu gal matbuot anjumanidagi muxlislar emas, balki stadion suxandoni avjiga chiqdi. Guvohlar ham 15 yoki 20 kishi emas, balki 18 mingdan ortiqroq inson ushbu noodatiy vaziyatning guvohi bo‘lishdi. Shuningdek, uchrashuvni jonli efirda namoyish etilganini hisobga olsak, bu safargi ko‘ngilsiz holat guvohlari soni bir necha mingni tashkil etadi

Uchrashuv yakuniga etay deb qolgan bir paytda, mehmonlar tarkibida harakat qilgan Igor Sergeev o‘z o‘rnini Jasur Hakimovga bo‘shatib berdi. Ushbu vaziyatda suxandon stadion bo‘ylab Igor Sergeevni IGOR BABAYaN deb e’lon qildi va mahalliy muxlislarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Bu holat maydonga tushayotgan Jasur Hakimovning jahlini chiqargan bo‘lsada, Igor tabassum bilan maydonni tark etdi.

Quyidagi videoda yuzaga kelgan vaziyatni tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!