Nazorat o‘yini. "Lokomotiv" "Spartak"ka mag‘lub bo‘ldi
“Temiryo‘lchilar” jamoasi ushbu yig‘inda uchta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazishni rejalashtirishgan. Bugun yig‘in doirasidagi ilk sinov-nazorat o‘yini tashkil etildi.
Toshkent jamoasiga Rossiyaning “Spartak Moskva” klubi raqiblik qildi. Qiziqarli va gollarga boy tarzda kechgan bellashuvda rus klubi muvaffaqiyat qozondi – 5:2.
“Loko” safida Jamshid Iskanderov hamda Timurxo‘ja Abduholiqov raqib darvozasini ishg‘ol etishdi.
“Lokomotiv” oradan ikki kun o‘tib, 18 yanvar kuni Slovakiyaning 7 karra chempioni “Jilina” futbol klubi bilan kuch sinashadi. So‘nggi bahs 21 yanvar kuni Daniyaning 10 karra chempioni “Brondbyu” jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar