Neymar Barselonaga keldi

  • 31.01.2019 10:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi forvardi Neymar jarohatidan davolanish uchun Barselonaga keldi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, 26 yoshli braziliyalik futbolchi Frantsiya kubogi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Strasburg”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi. Keyinchalik klub rasmiy sayti esa uni 10 hafta maydonga tusha olmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 23ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!