OChL–2017. Gross va Lushchan bir-birlariga omad tiladi
Osiyo chempionlar ligasi "S" guruhi 1-turidan o‘rin olgan “Al-Ahli” va “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldigan klub vakillari o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etishdi.
Tadbir boshlanishidan avval “Al-Ahli”ning shveytsariyalik bosh murabbiyi Kristian Gross “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan bilan uchrashdi va “qaldirg‘ochlar”ni “pley-off” bosqichidagi g‘alaba bilan tabriklab, jamoaning keyingi faoliyatiga omadlar tiladi.

O‘z navbatdagi “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushchan Jidda klubi vakillarining iliq munosabati va ajoyib mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Fikrlar