
OChL. Kovalenko boshqargan o‘yinda finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
Tehrondagi "Ozodi" stadionida kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 17-daqiqada Bag‘dod Bunidja hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida Siamak Nemati muvozanatni tikladi.
Qatarda o‘tgan dastlabki uchrashuvda forslar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edilar va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, aynan "Persepolis" final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Qayd etish doiz, mazkur qarama-qarshilikni Valentin Kovalenko boshliq o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Branko Ivanovich shogirdlarining hal qiluvchi o‘yindagi raqibi esa ertaga aniqlanadi.
Fikrlar