Osiyo kubogi – 2019. Terma jamoamiz mazkur musobaqada qanday liboslarda to‘p suradi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning Jako kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan va ushbu shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi - 2019 musobaqasidan boshlab yangi liboslarda maydonda to‘p tepishi belgilab qo‘yilgan edi.
Bugun 27 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilganlarga milliy terma jamoamizning Jako kompaniyasi tomonidan tayyorlangan maydondagi futbolchilar va darvozabonning formalari namoyish qilindi.
Unga ko‘ra asosiy liboslar odatdagide ko‘k va oq ranglardan iborat. Darvozabonlar uchun esa yashil va qora rangdagi liboslar tayyorlangan.


Fikrlar