O‘zbekiston kamondan otish bo‘yicha Turkiya bilan yaqindan hamkorlik qiladi

  • 23 oktabr, 2018, 22:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Ma’lumki, Turkiya sportning kamondan otish turi bo‘yicha etakchi mamlakatlardan hisoblanadi. Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda ham olimpiya sport turi hisoblangan kamondan otish taraqqiyoti yo‘lida qator islohotlar, samarali ishlar olib borilmoqda. Bu borada ilg‘or mamlakatlar tajribalari o‘rganilmoqda, ular bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Tecno

Bugun, 23 oktyabr kuni O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi Otabek Imomov hamkorlik rishtalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida Turkiyada mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti, mamlakat kamondan otish federatsiyasi rahbari Ug‘ur Erdener bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar bir qator muhim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishishdi. Unga ko‘ra turkiyalik murabbiylar O‘zbekistonga tashrif buyurib, sportchilarimiz uchun mashg‘ulotlar, mahorat saboqlari tashkil etadilar. Shuningdek, selektsiya masalasida ham murabbiylarimizga yaqindan yordam beradilar. Undan tashqari, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadilar. Muhim musobaqalarga aynan turkiyalik sportchilar bilan birga tayyorgarlik ko‘radilar.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Turkiyaga safari davomida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari, Kamonchilar fondi vasiylik kengashi raisi, Turkiya yoshlar fondi Oliy maslahat kengashi a’zosi Najmiddin Bilol Erdogan bilan uchrashuv o‘tkazgan va hamkorlikni kuchaytirish, aloqalarni yanada mustahkamlash, kamondan o‘q otish sport turiga oid bir qator masalalarni muhokama qilishgan edi. 

Manbaa: MOQ rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!