
O‘zbekiston kubogi. Dastlabki yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Dastlabki o‘yin Qo‘qonda kechdi va unda mahalliy "Qo‘qon-1912" klubi o‘z maydonida "Qizilqum"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Amaldagi g‘olib "Lokomotiv" safarda "Paxtakor"ga qarshi bahs olib bordi. "Paxtakor Markaziy stadioni"da kechgan bellashuvda sherlar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol kiritishdi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqishdi.
Fikrlar