O‘zbekistonlik Osiyo chempionlari "Cuba Domadores" vakillarini mag‘lub eta olmadi

BEPUL PROPAN

O‘zbek bokschilaridan tashkil topgan "Uzbek tigers" jamoasi Jahon Boks Seriyalaridagi (World Series of Boxing) o‘z yurishlarini chorak finaldayoq yakunladi.

Biroz avval Kuba poytaxti Gavana shahrida yakuniga ketgan beshta jangdan iborat chorak final javob uchrashuvida ringga ko‘tarilgan Osiyo chempionlari "Cuba Domadores" vakillariga mag‘lub bo‘lishdi.

To‘rt nafar hamyurtalarimizning ketma-ket mag‘lubiyatlaridan so‘ng, super og‘ir vaznda yana bir bokschimiz Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi. Kubalik Hose Larduetga qarshi jang olib borgan "Uzbek Tigers” vakili jamoadoshlari singari mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Umumiy hisob

"Cuba Domadores" 7:3 "Uzbek Tigers"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!