O‘zbekistonning birinchi raketkasi Xitoyda finalga chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Xitoyning Guiyang shahrida davom etayotgan turnirdagi yurishini davom ettirmoqda.

Kecha hamyurtimiz mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslarida belaruslik sherigi Lidziya Marozava bilan xitoylik tennischilar - Xanyu Guo/Yu Ki E duetiga qarshi kortga chiqdi.

1 soat 18  daqiqa davom etgan bellashuvda Sabina va uning sherigi 6:3, 3:6, 12:10 hisobida g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi ular bosh sovrin uchun yana xitoylik tennischilar qarshligini engib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Bugun bo‘lib o‘tadigan bahsda Sabina va uning sherigi Xinyu Jiang/Kyanxui Tanglar bilan kuch sinashadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!