PSJ muxlislari uchun xushxabar

  • 09.02.2019 10:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

PSJ klubi yarim himoyachisi Marko Verratti jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra italiyalik futbolchi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan va u Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda ishtirok eta oladi. Qayd etish lozimki, bu o‘yin 12 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Verratti xatto bugun Frantsiya chempionati 24-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Bordo”ga qarshi bahsda ham parijliklarga yordam berishi mumkin. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!