Paralimpiyachilarimiz Britaniyada barchani lol qoldirmoqda

CHERY AUTO

Joriy yilning 27-30 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Sheffeld shaxrida paralimpiyaning suzish sport turi bo‘yicha Jaxon seriasi turkumiga kiruvchi Xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada 45ta davlatdan 575ta sportchi ishtirok etmoqda, ular orasida 6 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari bo‘lib sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashmoqdalar.

Tecno

O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasining SPORTS.uz internet axborot portaliga xabar qilishicha, hozirgi kunga qadar xamyurtlarimiz jami 6ta medalni  qo‘lga kiritdilar. Bulardan Xorlin Dmitriy 200m. Kompleks usulida suzish bo‘yicha (02:16.14) natijasi bilan faxrli birinchi o‘rinni egalladi (oltin). Tursunxo‘jaev Muzaffar 50m. va 100m. erkin usulda (00:24.40) va (00:53.70) natijalari bilan 2ta kumush medallari soxibi bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida kechgan baxslarda esa xamyurtlarimiz Toshpo‘latova Shoxsanam 200m. komleks usulida (02:26.62) natijasi bilan kumush va 50m. erkin usulida (00:28.08) natijasi bilan bronza medallarini qo‘lga kiritdi, Amilova Fotima 100m. brass usulida (01:15.12) natijasi bilan bronza medali soxibasi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bugun paralimpiyachilarimiz suzishning batterflyay va chalqancha usullarida ishtirok etib kuch sinashadilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!