Patris Evra “Marsel”da qaysi raqamni olishi ma’lum bo‘ldi (Foto)

  • 26.01.2017 19:59
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Turinning “Yuventus” jamoasi himoyachisi Patris Evra rasman Frantsiyaning “Marsel” klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda bir necha soat oldin xabar berib o‘tgandik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonla r18 oylik shartnoma imzoladi. 35 yoshli futbolchiga “MYu”, “Valensiya”, “Kristal Pelas” va “Lion” klublari qiziqish bildirgandi, ammo u o‘z vatanida to‘p tepishni afzal topdi.

O‘z navbatida Evra “Marsel”da 21-raqamda harakat qiladigan bo‘ldi.  

Patris Evraning yorqin faoliyati 2006 yildan boshlangan. O‘shanda u “Monako”dan “MYu” safiga kelib qo‘shilgandi. 2014 yilgacha “qizil iblislar”ni himoya qilgan Evra 2014 yilda Turinga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!