Patris Evra “Yuventus”ni tark etmaydi
“Yuventus” himoyachisi Patris Evraning agenti Federiko Pastorello futbolchining jamoani tark etishi haqida gapirishga hali erta ekanligini aytib o‘tgan. Hozirda bu mavzuga Evraning “Bolonya”ga qarshi Italiya chempionati 19-tur bahsi uchun tuzilgan ro‘yxatga kiritilmagani sabab bo‘lgan.

– Yaqin vaqt ichida nima bo‘lishi ko‘ramiz. Evra “Yuventus”dan ketadimi? Yo‘q. Men bunday demadim. Uning aniq klubni tark etishi haqida gapirish mumkin emas, – deydi Pastorello.
Eslatib o‘tamiz, Evraga ayni damda “Valensiya”, “Manchester Yunayted” va “Vest Xem” klublari qizqish bildirmoqda.

Fikrlar