
"Paxtakor" - "Eyr Fors" o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum
Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubi joriy yilgi mavsumda OChLdagi ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi. Aniqrog‘i, "sherlar" ikkinchi saralash bosqichi doirasida 12 fevral kuni Iroqning "Eyr Fors" jamoasini qabul qiladi.
Mazkur uchrashuvni Janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kim Xi Gon bo‘lsa, unga qanotlarda hamyurtlari Park Kyun Yong hamda Park Sang Junlar yordamlashadi.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli referi 2016 yil OChL guruh bosqichi doirasida "Al-Hilol" - "Lokomotiv" (0:0) bellashuvida zaxira hakami sifatida ishlagan
OChL. Ikkinchi saralash bosqichi
12.02.2019 15:00. Toshkent
"Paxtakor" (O‘zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq)
Bosh hakam: Kim Xi Gon
Laynsmenlar: Park Kyun Yong, Park San Jung.
Zaxira hakami: Kim Vu Sung (barchasi Janubiy Koreyadan).
Fikrlar