
Piter Krauch APLda tarixiy natija qayd etdi
“Stok Siti” jamoasi hujumchisi Piter Krauch “Everton”ga qarshi (1:1) APL 23-turida gol kiritib, tarixiy natija qayd etdi.
Gap shundaki, yanglilik 36 yoshli futbolchi Premer-liga doirasida kiritgan gollari sonini 100 taga etkazdi.
“Ushbu natijani qayd etganimdan mamnunman. 100-golni kutish oson bo‘lmadi. 100 va undan ortiq gollarni kiritgan buyuk futbolchilar qatorida ekanimdan xursandman”, – deya o‘z quvonchini yashirmadi Krauch.
Piter Krauch 100 ta gol ura olgan APL tarixidani 26-futbolchiga aylandi. Hujumchi 48 ta golni boshi bilan, 43 tasini o‘ng oyog‘i bilan, 9 tasini esa chap oyoq bilan kiritgan.
Фикрлар