
Qarshida shaxmat bo‘yicha Xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda (foto)
Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahrida shaxmat bo‘yicha Xalqaro turnir start oldi. Ismat Shukurov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ochiq turnirda hamyurtlarimiz bilan birga Belarus, Qozog‘iston, Moldoviya, Rossiya, Tojikiston, Ukrainadan iqtidorli shaxmat ustalari ishtirok etmoqda.
Bugun 2 tur bo‘lib o‘tdi. Ilk natijalar:13 ishtirokchi g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 11 shaxmatchi esa yarim ochkoga ega bo‘ldi. Belaruslik Vitaliy Teterev Ali Qosimov (O‘zbekiston) bilan, Arkadiy Vul (Rossiya) esa Doniyor Safarov (O‘zbekiston) bilan durangga imzo chekishdi.
Musobaqa davom etmoqda.
Fikrlar