Qudratillo Abduqahhorov dunyoning eng zo‘r bokschilari reytingiga kiritildi
O‘zbekistonlik nokautchi Qudratillo Abduqahhorov shug‘ullanayotgan Malayziyadagi "Vladimir Boxinggym" klubi bokschimiz professional boks yo‘nalishlari bo‘yicha yangi reytinglarda kuchli o‘nlikdan joy olganini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Qudratillo Abduqahhorov o‘z vazn toifasida WBA reytingida 7-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Bu vaznda WBA Super World welterweight title kamarini amerikalik engilmas bokschi Kit Turman egallab turibdi. WBA World welterweight title chempionlik unvoniga esa yana bir amerikalik bokschi Lamont Peterson egalik qilmoqda.
Engilmas bokschimiz Qudratillo ertaga Manyuchining kamari uchun ringga chiqadi
Qudratillo ayyor raqibini superjangning birinchi raundida nokaut qildi
Qudratillo Abduqahhorov Menni Pakyaoga ancha yaqinlashib oldi
Qudratilloning supernokautini tomosha qiling (video)
Qudratillo WBC yo‘nalishi reytingida o‘ninchi pog‘onaga chiqdi. Bu yo‘nalishda ham jahon chempionligi kamarini Kit Turman hech kimga bermay kelmoqda.
Buyuk Britaniya vakili Kell Bruk chempionlik kamarini o‘zida saqlab turgan IBF yo‘nalishi reytingida o‘zbekistonlik bokschi o‘n birinchi pog‘onada qayd etildi.
SPORTS.uz axborot portali bu ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun Qudratillo Abduqahhorovning murabbiyi Ilgar Alievga murojaat qildi.
- "Vladimir Boxinggym" klubi tarqatgan ma’lumotlar to‘g‘ri, - dedi Ilgar Aliev SPORTS.uz axborot portali muxbiriga. - Ilgari bu yuqori pog‘onalar Qudratillo Abduqahhorovdan mag‘lubiyatga uchragan zimbabvelik Charlz Manyuchiga tegishli edi. Manyuchi shogirdimga WBC Silver welterweight title kamarini yutqazishi bilan birga reytinglardagi o‘rnini ham bo‘shatib berdi.
Qudratillo Abduqahhorov barcha yo‘nalishlar birlashtirilgan jahon reytingida bugungi holatga ko‘ra, o‘z vaznida yigirmanchi pog‘onani egallab turibdi. Bu reytingda professional boks yulduzi Menni Pakyao etakchilik qilmoqda.
Ayni paytda Qudratillo Abduqahhorov bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Hamyurtimiz uch oy mobaynida yangi kamarini himoya qilishi kerak.

Fikrlar