RPL. Denisov jamoasi Shomurodov o‘ynaydigan klubdan ustun keldi

  • 8 dekabr, 2018, 16:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarada kechgan bellashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan  ustun kelishdi. Mezbonlar safida hamyurtimiz Vitaliya Denisov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 68-daqiqada zaxiraga olindi. Eldor Shomurodov  esa maydonda to‘liq 90 daqiqa harakatlandi.

Tecno

Uchrashuv qo‘polliklarga boy tarzda o‘tgan bilan ham yodda qoldi. Har ikkala jamoa safida jami 3 futbolchi maydondan chetlatildi. Boz ustiga rostovliklar ustozi Valeriy Karpin ham hakamga e’tiroz bildirgani uchun maydon chetidan badarg‘a qilindi.

Shu tariqa, Premer-ligada 5 uchrashuvdan buyon g‘alaba qozona olmayotgan "Rostov" hisobidagi ochkolar  soni 24 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Samaraliklar esa bugungi muvaffaqiyat evaziga o‘z ochkolar sonini 17 taga etkazib olgan  holda jadvalda ham 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Ektor Kuper tomonidan Turkiyada o‘tadigan yig‘in uchun milliy terma jamoaga jalb etilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!