Radamel Falkao Xitoydan bo‘lgan taklifni rad etdi
Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchisi Radamel Falkao faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin edi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, kolumbiyalik forvardga Xitoydan taklif bo‘lgan. Ammo Radamel Falkao bunga rad javobini bergan.

Xabarlarga qaraganda, xitoyliklar Falkao uchun “Monako”ga 50 million evro berishga tayyorliklarini bildirishgan. Futbolchi esa Evropani tark etishni istamagan. Hozircha aynan qaysi klub hujumchiga taklif bilan chiqqanligi ma’lum qilinmagan.

Fikrlar