
Rasman! Iguain va Kaldar "Milan"da, Bonuchchi esa "Yuventus"da
Leonardo Bonuchchi yana "Yuventus" safiga qaytdi. U jamoa bilan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Hujumchi Gonsalo Iguain va himoyachi Mattia Kaldarlar esa "Milan"na yo‘l olishdi. Italiyalik futbolchi "rossonerilar" bilan 4 yillik bitimga imzo chekdi.
Iguain esa bir mavsumni ijara asosida "Milan"da o‘tkazadi. Buning uchun milanliklar 18 mln evro to‘lashadi. 2019 yilda esa yana 36 mln evro to‘lab, argentinalik forvardning transfer huquqini sotib olishlari mumkin. Qolaversa, bu summani ikki yilga bo‘lib to‘lash imkoniyatlariga ham egalar.
Fikrlar