Rasman! "Zenit" Italiyadan zo‘r futbolchi olib keldi
Klub rasmiy saytida yozilishicha, 32 yoshli futbolchi piterliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
U "Yuventus" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi va jamoa safida 25 yil faoliyat olib borgan. U Turin klubi safida 389 o‘yinda ishtirok etgan va 37 ta gol kiritib, 42 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
2009 yilda Italiya terma jamoasi safida debyut qilgan va Evro-2018 vitse-chempioni bo‘lgan. 2013 yil Braziliyada o‘tgan Konfederatsiyalar kubogida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar