"Real" Keylor Navasni qanchaga sotmoqchi?

  • 10 oktabr, 2018, 08:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi kosta-rikalik darvozabon Keylor Navasning transfer narxini e’lon qildi.

Tecno

Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 31 yoshli darvozabonni kamida 10 million evroga sotmoqchi. Ta’kidlash kerakki, agar shunday taklif bo‘lsa, madridliklar ushbu futbolchini qishki transferlar chog‘idayoq qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Tibo Kurtua kelgach asosan zaxirada qolib ketayotgan Navas joriy mavsum “Real” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 6ta to‘p o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!