
"Real" "Sevilya"dagi tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi
Madridning "Real" klubi "Sevilya" yarim himoyachisi Pablo Sarabiyaga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra "qirollik klubi" 26 yoshli ispaniyalik futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Uning andalusiyaliklar bilan imzolagan shartnomasiga ko‘ra tovon puli 18 mln evroni tashkil etadi. Uning kelishuvi esa 2020 yilga qadar imzolangan va u ushbu shartnomani uzaytirishni xohlamayapti.
Eslatib o‘tamiz, Sarabiya asli "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Sevilya" sharafini 2016 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol va 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar