"Real" tarixidagi eng zo‘r besh futbolchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning grand jamoasi "Real" doim buyuk futbolchilarga ega bo‘lgan qudratli klubdir. Bu jamoa tarixiga nazar solsak, deyarli har mavsumdagi tarkibida jahon miqyosida nom qozongan futbolchilar to‘p surgani namoyon bo‘ladi.

"Real"ning sobiq sardori Raul Gonsales "Qirollik klubi" tarixida o‘zi eng kuchli deb hisoblagan besh nafar futbolchining nomini e’lon qildi. Eng ahamiyatlisi shundaki, kuchli beshlikka kiritilgan charm to‘p ustalaridan ikki nafari hamon "Real" safida javlon urmoqda.

"Real" to‘purari Raul fikriga ko‘ra, eng kuchli besh futbolchilar qatoriga uch nafar hujumchi, bittadan yarim himoya va himoya vakili kiritildi:

Alfredo di Stefano

Fransisko Xento

Zinedin Zidan

Krishtianu Ronaldu

Serxio Ramos

- Bu futbolchilarni tanlab olish juda qiyin bo‘ldi, - dedi Raul. - Chunki "Real" tarkibida yulduz futbolchilar ko‘p bo‘lgan.

Ayni paytda Zinedin Zidan "Real"da bosh murabbiylik qilmoqda. Krishtianu Ronaldu va Serxio Ramos hamon jamoa g‘alabalarida muhim rol o‘ynayapti.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!