Remzi bilan kelishuvga erishgan "Yuventus" endi diqqatini Iskoga qaratadi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko “Yuventus”ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.
Turinliklar “Arsenal” xavbeki Aaron Remzini qo‘lga kiritishgach bor e’tiborini aynan 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga qaratishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Remzi “keksa sinora” bilan kelishuvga erishgani va yakshanba kuni Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, Iskoning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Ushbu kelishuvga ko‘ra uning tovon puli 700 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar