Riberi jarohat oldi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Frank Riberi bugun Bundesliganing 14-turida bo‘lib o‘tgan "Verder"ga qarshi bahsda maydonni erta tark etdi.
Unga ko‘ra 35 yoshli frantsiyalik futbolchi jarohati sabab o‘yinning 38-daqiqasida zaxiraga olindi. Uning o‘rniga esa o‘yinni Kingsli Koman yakunlab qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, ushbu bahs Riberi uchun joriy mavsum Bundesligadagi 11-uchrashuv bo‘ldi.
Fikrlar