Riberi jurnalistdan uzr so‘radi

  • 15 noyabr, 2018, 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Frank Riberi o‘zi urgan jurnalistdan kechirim so‘radi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra frantsiyalik futbolchidan kaltak egan muhbir Patrik Giyyu kecha “Bavariya” qarorgohiga tashrif buyurgan va aynan o‘sha erda Riberi undan rasman kechirim so‘ragan. O‘z navbatida jurnalist ham ushbu uzrni qabul qilgan va frantsiyalik futbolchini sudga berish fikridan qaytgan.

Eslatib o‘tamiz, Riberi ushbu jurnalistni Bundesliganing o‘tgan turida “Borussiya” Dortmundga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!