Sabina Sharipova Xitoydagi turnirda o‘z yurishini boshladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning birinchi  raketkasi Sabina Sharipova Xitoyning Guiyang shahrida bo‘lib o‘tayotgan turnirda ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz mukofot jamg‘armasi 25 000  AQSh dollarini tashkil etadigan musobaqani asosiy to‘r bahslaridan boshladi.

Unga ilk davrada yaponiyalik Miyabi Inue raqibalik qildi. 2 soat 17 daqiqa davom etgan bellashuvda tennischimiz 6:4, 6:7, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Sabinaga saralashdan chiqqan mezbonlar vakilasi - Jiaxu Lu raqibalik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!