Sabina juftlik bahslarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda Xitoyning Guiyang shahrida ITF taqvimidan o‘rin olgan ayollar o‘rtasidagi turnir bo‘lib o‘tmoqda. Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Sabina Sharipova bugun juftlik bahslarida kurashga kirishdi.
Belaruslik Lidziya Marozava bilan duet hosil qilgan tennischimizga ilk davrada yaponiyalik Shixo Akita va Nagi Xanatanilarga qarshi kortga chiqdi.
40 daqiqa davom etgan bellashuvda Sabina va uning sherigi 6:1, 6:0 hisobida g‘alabaga erishdi va chorak finalga yo‘l oldi.
Endi ularga ushbu bosqichda xitoylik Sheng Yuki/Jeng Vushuanlarga qarshi kortga chiqadi. Mazkur o‘yin ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar