Salohning ishlari joyida emas
Misrlik futbolchi "Chelsi"ga qarshi kechgan o‘yinda bir qator qulay imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi va ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi.
"Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi o‘yini bo‘lmadi, 100 %. Ammo bunday o‘yinlarda bu kabi holatlar ko‘p uchrab turadi. Bu sizning jahon darajasidagi futbolchi emasligingizni bildirmaydi. Ba’zida gol urasiz, ba’zida adashasiz.
Hozir uning eng yaxshi davri emas. Bu men uchun muammo emas va barchasi joyida", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Saloh bu mavsum "qizillar" safida 9 bellashuvda ishtirok etdi va 3 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar