Saul "Tottenxem"ning ajoyib taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

  • 17 sentabr, 2018, 15:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid yarim himoyachisi Saul Niges "Tottenxem"dan bo‘lgan taklifni rad etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda El Confidencial nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “shporlar” 2017 yilning yozida 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga yiliga 6 million evro maosh taklif qilishgan. Biroq, yakunda ushbu kelishuv amalga oshmagan.

Ma’lumot uchun, Saulning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar imzolangan va unga ko‘ra futbolchining tovon puli 150 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!