
Serbiya terma jamoasining Marokash va Nigeriyaga qarshi kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
Serbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Mladen Krstaich yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida rejalashtirilgan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.
Unga ko‘ra tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabonlar: Vladimir Stoykovich («Partizan») Predrag Raykovich («Makkabi» Tel-Aviv), Marko Dmitrovich («Eybar»)
Himoyachilar: Ivanovich («Zenit»), Maksimovich («Spartak»), Milosh Velkovich («Verder»), Antonio Rukavina («Vilyarreal») Dushko Toshich («Beshiktash»), Aleksandar Kolarov («Roma»), Nemanya Nastasich («Shalke»), Ivan Obradovich («Anderlext»), Dushan Basta («Latsio»), Vuyadin Savich («Tsrvena Zvezda»).
Yarim himoyachilar: Nemanya Matich («Manchester Yunayted»), Luka Milivoevich («Kristal Pelas»), Dushan Tadich («Sautgempton»), Adem Lyaich («Torino»), Sergey Milinkovich-Savich («Latsio»), Andriya Jivkovich («Benfika»), Marko Gruyich («Kardiff»), Filipp Kostich («Gamburg»), Miyat Gachinovich («Ayntraxt» Frankfurt)
Hujumchilar: Aleksandar Mitrovich («Fulxem»), Aleksandar Priyovich (PAOK)
Ma’lumot uchun, Serbiya terma jamoasi dastlab 23 mart kuni Marokashga qarshi, 27 mart kuni esa Nigeriyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar