Sergeevning BAAdagi ishlari yakuniga etdimi?

  • 19 may, 2018, 18:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor  o‘zbekistonlik hujumchi Igor Sergeev faoliyatini BAAning “Al-Dafra” klubi davom ettirib kelayotgan edi. SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi ning shartnomasi yakuniga etgan va erkin  agentga aylangan.

Tecno

Boz ustiga mavsum yakunlariga ko‘ra, oliy  divizionda qolishni uddalagan “Al-Dafra” allaqachon yangi mavsum uchun ikki  nafar hujumchi bilan shartnoma imzolashga ulgurgan.  Jumladan, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan urugvaylik Nikolas Miles “Al-Dafra” bilan 3 yillik  shartnoma imzoladi  va aynan Sergeev to‘p surgan 10-raqamni o‘ziniki qildi.

Ma’lumot uchun,  mavsum o‘rtasida “Al-Dafra” safiga borib  qo‘shilgan Sergeev ushbu jamoa safida 10 ta bellashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol kiritib,  1  bor hakam tomonidan ogohlantirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!