“Sevilya” Morata va Yovetich xizmatlariga qiziqmoqda

  • 4 yanvar, 2019, 05:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning “Sevilya” jamoasi “Chelsi” hujumchisi Alvaro Morata va “Monako” vakili Stevan Yovetich xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, har ikki futbolchi ayni vaqtda klubdagi holatidan norozi. Shunga qaramay, andalusiyaliklar hujumchilardan birini qo‘lga kiritishi oson bo‘lmaydi.

Avvalroq “Sevilya” hujumchisi Luis Murel mavsum oxirigacha “Fiorentina”da qolishi ma’lum bo‘ldi. Tomonlar 27 yoshli futbolchining ijara muddatini transfer huquqini sotib olish majburiyatini bilan mavsum yakunigacha cho‘zdirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!